Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Boshqarma haqida

Surxondaryo viloyat Bandlik bosh boshqarmasi toʼgʼrisidagi

N I Z O M


I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida” 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli, “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017 yil 24 maydagi PF-5052-son Farmonlari va “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2017 yil 24 maydagi PQ-3001-son qarori, “Mehnat organlari tuzilmasini takomillashtirish va fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda mehnatini muhofaza qilish tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2018 yil 20 avgustdagi PQ-3913-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarori asosida ishlab chiqilgan boʼlib, Surxondaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi (keyingi oʼrinlarda - Bosh boshqarma deb ataladi) maqomi, vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.

2. Bosh boshqarma oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining buyruqlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, Surxondaryo viloyati hokimligining farmoyishi, qarorlari va normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Bosh boshqarma Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi oʼrinlarda – Vazirlik deb ataladi) tashkiliy tizimi boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga hamda tegishliligi boʼyicha Surxondaryo viloyati hokimligiga boʼysunadi va hisobot beradi.

4. Bosh boshqarma tizimiga quyidagilar kiradi:

Bosh boshqarma apparati;

tuman (shahar) Аholi bandligiga koʼmaklashish markazlari;

ishsiz va band boʼlmagan aholini kasb-hunarga oʼqitish hududiy markazlari hamda kasb-hunar kollejlari kiritilishi mumkin.

5. Bosh boshqarma oʼz vazifalari va funktsiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, hududiy tuzilmalari, tuman (shahar) hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan oʼzaro hamkorlik qiladi.

6. Bosh boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga ega boʼladi.

II. Bosh boshqarmaning vazifalari va funktsiyalari

7. Quyidagilar Bosh boshqarmaning vazifalari va faoliyati yoʼnalishlari hisoblanadi:

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Surxondaryo viloyati hokimi, tuman (shahar) hokimlari, hududiy prokuratura, ichki ishlar organlari va davlat soliq xizmati rahbarlari tomonidan rahbarlik qilinadigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi oʼrinlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlikni amalga oshirish;

aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va mehnat migratsiyasi sohasidagi va bosh boshqarma vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

ishga joylashtirish, oʼqitish va malaka oshirish, malakani baholash xizmatlari uchun davlat buyurtmasini shakllantirish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;

kovorking-markazlarini tashkil etish va ularni saqlab turish moliyalashtirilishini tashkil qilish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlarida va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish.

8. Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

Surxondaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi hamda unga rahbarlik qiladi;

Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi buyruqlarining, Surxondaryo viloyati hokimligi qaror va farmoyishlarining va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi hamda tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tizimli nazorat qiladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʼz vaqtida ishlab chiqilishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi oʼtkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

aholini ishga joylashtirish sohasida xizmatlar koʼrsatish yuzasidan faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar bilan hamkorlik qiladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;

aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishi monitoringini olib borish, band boʼlmagan aholiga davlat xizmatlarini koʼrsatish, ijtimoiy himoya qilish, mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar hatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

ishga joylashtirish, oʼqitish va malakani baholash xizmatlariga boʼlgan davlat buyurtmasini shakllantirish, moliyalashtirish va amalga oshirish, keyinchalik tegishli ravishda xususiy bandlik agentliklari, ishsizlar va band boʼlmagan aholini oʼqitish markazlari hamda malakani baholash markazlariga haq toʼlash boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari hatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi;

kovorking-markazlarini tashkil etish boʼyicha tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari takliflarini umumlashtiradi, shuningdek ularni saqlab turishning moliyalashtirilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik taʼminotini tashkil etadi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idora boʼysunuvidagi tashkilotlar binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʼyicha ishlar monitoringini oʼtkazadi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlarni tashkil etadi;

operativ, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish va oʼz vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qaror (buyruq)lar qabul qiladi;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.

Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bevosita oʼzi tomonidan, shuningdek hududiy aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini taʼminlaydi.

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 martdagi PQ–4227-son “2019 yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha davlat buyurtmasi toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratilishini nazorat qiladi;

subsidiyalar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

ish beruvchilarga – aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari 

yoʼllanmasi boʼyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida toʼlovni amalga oshirish;

aholi bandligiga koʼmaklashish markazida roʼyxatdan oʼtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʼyxatdan oʼtish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish, tadbirkorlikka oʼqitish va kredit olishda sugʼurta polisi toʼlovi uchun harajatlarni eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida toʼlash;

ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq toʼlash;

yengil konstruktsiyali issiqxonalar oʼrnatish, urugʼliklar, koʼchatlar 

va sugʼorish vositalari xarid qilish uchun – “Tomorqa xizmati” MChJ, 

aholi bandligiga koʼmaklashish markazi va tomorqa yer egalari oʼrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan 10 baravarigacha boʼlgan miqdorda toʼlash.

grantlar quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:

kasb-hunar taʼlimi muassasalariga – band boʼlmagan shaxslarni, ayniqsa, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni kasbga qayta oʼqitishga sarflanadigan harajatlarni moliyalashtirish;

kasb-hunarga oʼqitish markazlari, kollejlar va oliy oʼquv yurtlarida kasb-hunarga tayyorlash, agrotexnologiya, bogʼdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik hamda asalarichilik sohasida fermer va dehqon xoʼjaliklarining rahbarlari va ishchilari hamda tomorqa yer egalarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni moliyalashtirish.

majburiy mehnatga yoʼl qoʼymaslik va uni toʼliq bartaraf etish, shu jumladan aybdor mansabdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda tashkil etish sohasida:

manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda majburiy mehnatga yoʼl qoʼymaslik va uni butunlay bartaraf etish, shu jumladan aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish orqali bartaraf etish boʼyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi;

biror-bir shaklda majburiy mehnatdan foydalanish bilan bogʼliq xavf-xatarni oʼz vaqtida aniqlash va bartaraf etish orqali xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalari ijrosini nazorat qiladi;

xodimlarning muayyan toifalari (xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar, oliy va oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari talabalari, nogironligi boʼlgan shaxslar, Qurolli Kuchlar safidan boʼshatilgan shaxslar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat huquqlari hamda kafolatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;

majburiy mehnatdan foydalanish va kamsitish yuzasidan aniqlangan har bir holat boʼyicha huquqiy tartibga solish choralarini koʼradi hamda qonunbuzarlik holatlari toʼgʼrisida davlat hokimiyatining tegishli organlarini xabardor qiladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlarida (keyingi oʼrinlarda aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari deb ataladi) ish qidiruvchi va ishsiz maqomiga ega sifatida roʼyxatga olingan shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini mablagʼ bilan taʼminlash; 

ishsizlik boʼyicha nafaqalar, aholi bandligiga koʼmaklashish markazlarining taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda koʼchib oʼtish munosabati bilan kompensatsiyalar toʼlash, ishsizlarga moddiy yordam berish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari tomonidan beriladigan stipendiyalarni toʼlash; 

ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi sababli Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi harajatlarini qoplash;

aholi bandligiga koʼmaklashish markazlarining ayrim boʼlinmalari, vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari, ishsizlarni va band boʼlmagan aholini kasb-hunarga oʼqitish mintaqaviy markazlari, ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʼquv markazlarini qonunchilikka muvofiq saqlash va moddiy-texnik taʼminlash;



III. Bosh boshqarmaning huquqlari va majburiyatlari

9. Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bogʼliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek boshqa hujjatlarni Surxondaryo viloyati hokimligiga belgilangan tartibda kiritish;

mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda axborot soʼrash va olish;

davlat statistika organlaridan Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalarga doir zarur statistik axborotni bepul olish;

tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari boʼyicha qonunchilikka, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konventsiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʼrganish va tekshirishlar oʼtkazish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlarni hamda fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida ish bajarayotgan (xizmatlar koʼrsatayotgan) shaxslarni mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʼliq ravishda ularning sogʼligʼiga yetkazilgan zarar yuzasidan belgilangan tartibda maxsus tekshirishlarni oʼtkazish va tekshirishlarda qatnashish;

mehnat, bandlik, mehnatni muhofaza qilish va ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʼurta qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy choralar qoʼllash;

mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʼligʼi yoki hayotiga xavf tugʼdiradigan tashkilotlar faoliyatini yoki korxonalar mablagʼlaridan foydalanishni oʼz vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʼxtatish;

Bosh boshqarma va uning idoraviy boʼysunuvidagi tuzilmalar davlat mulkini bir boʼlinmadan boshqa boʼlinmaga bepul foydalanish huquqlari asosida oʼz tashkiliy tuzilmasi doirasida belgilangan tartibda oʼtkazish;

Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlarini belgilangan tartibda tasarruf etish hamda ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etish;

Bosh boshqarma va uning idora boʼysunuvidagi tuzilmalari davlat mol-mulkini begʼaraz foydalanish huquqi asosida bir boʼlinmadan boshqa boʼlinmaga, oʼz tashkiliy tuzilmasi doirasida balansdan balansga belgilangan tartibda oʼtkazish, shtat jadvallarini muvofiqlashtirish, idora boʼysunuvidagi tashkilotlar moliya-xoʼjalik faoliyati balanslari va hisobotlarini koʼrib chiqish;

idora boʼysunuvidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshirish;

idora boʼysunuvidagi tashkilotlar tomonidan markazlashgan kapital mablagʼlardan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni taʼminlash, Bosh boshqarma tizimidagi obʼektlarni qurish va rekonstruktsiya qilish boʼyicha istiqbolli dasturlar ishlab chiqish hamda Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritish;

idora boʼysunuvidagi tashkilotlari tuzilmasini, shtatlar sonini, shu jumladan boshqaruv xodimlarini, mehnatga haq toʼlash fondini, harajatlar smetasini, avtotransport vositalari limitini belgilash;

Bosh boshqarma, tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va idoraviy tashkilotlar faoliyatining asosiy koʼrsatkichlari boʼyicha ular tomonidan parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularning xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish tartibi, hajmi va shartlarini belgilash;

binolarga xizmat koʼrsatish, inventarь va xoʼjalik asboblarini, avtotransportni, aloqa vositalarini, hisoblash, kompьyuter va ofis texnikasini taʼminlab turish va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot xarid qilish, shu jumladan autsorsing (autsorsing inglizcha soʼz boʼlib, “out” “tashqarida”, “sourcing” esa “manba” maʼnosini anglatib, ikki xil yoʼnalish bogʼlanishini bildiradi) shartlari asosida xarid qilish boʼyicha ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining idora boʼysunuvidagi tashkilotlarda toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar boʼyicha tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilish, shu jumladan: “Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi” idora boʼysunuvidagi davlat muassasasida ilmiy ishlar bajarish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha tadqiqotlar va soʼrovlar oʼtkazish; “Mehnat.uz” axborot-kompьyuter markazi MChJda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va qoʼllab-quvvatlash; ishsiz fuqarolar va band boʼlmagan aholini kasbga oʼqitish, malaka oshirish va qayta oʼqitish; malaka oshirish markazlarida malakani baholash; Respublika mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish; Respublika mehnat organlari tizimi xodimlari malakasini oshirish kurslarida mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

ish beruvchilar oʼrtasida ijtimoiy javobgarlikni oshirishga hamda yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholini ishga joylashtirish boʼyicha samarali faoliyatni kengaytirishga ragʼbatlantirishni kuchaytirishga qaratilgan tanlovlarni belgilangan tartibda oʼtkazish;

mehnat, bandlik, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha ijtimoiy reklama mahsulotlarini buyurtirish, shuningdek ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va aholi keng tanishishi mumkin boʼlgan boshqa usullarda bepul joylashtirish;

mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlarining hamda boshqa tashkilotlarning buyruqlari va boshqa normativ- huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʼgʼrisida belgilangan tartibda koʼrsatmalar kiritish;

Internet jahon axborot tarmogʼida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat soliq xizmati organlarining yozma murojaatlari asosida maxsus vakolatli organlar bilan dastlabki kelishuvsiz tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼiy nazar tashkilotlarda bandlik, mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshiruvlar oʼtkazish;

korruptsiya va boshqa suisteʼmolliklarning oldini olish va ularga yoʼl qoʼymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik xususiyatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʼrganish, shuningdek malakaga va davlat mehnat inspektsiyasi faoliyatining turli yoʼnalishlarida ishlash tajribasiga ega kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida xodimlar rotatsiyasini amalga oshirish;

kam foydalanilayotgan yoki rekonstruktsiya yoxud kapital taʼmirlashni (qayta jihozlashni) talab qiluvchi mavjud binolar, xonalarni ijaraga berish;

mehnat organlari reytingini tuzish maqsadida ular faoliyatining samaradorligini oshirish mezonlarini tasdiqlash;

oʼz vakolati doirasida konferentsiyalar, seminarlar, koʼrgazmalar, yarmarkalar oʼtkazish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʼxshash tadbirlarda ishtirok etish;

Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan uslubiy materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;

qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bajarish boʼyicha Bosh boshqarma tizim tashkilotlari va uning idora boʼysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini belgilangan tartibda oʼrganish va tekshirish;

Bosh boshqarma hududiy boʼlinmalari va uning idora boʼysunuvidagi tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida kengashlar oʼtkazish;

Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi bilan bogʼliq boʼlgan hamda tezkor hal etishni talab qiladigan masalalar yuzasidan Bosh boshqarma tizim tashkilotlari va uning idora boʼysunuvidagi tashkilotlari rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;

Bosh boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bilan bogʼliq masalalarga bagʼishlangan konferentsiya, forum, seminar va treninglar oʼtkazish, shu jumladan Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobiga oʼtkazish;

Bosh boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin.

10. Bosh boshqarma Vazirlik bilan kelishgan holda davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qoʼshma buyruq va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.

11. Bosh boshqarma oʼziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.


IV. Bosh boshqarma rahbarlarining javobgarligi

12. Bandlik Bosh boshqarmasi boshligʼi Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

13. Bosh boshqarma boshligʼi oʼrinbosarlari:

Bandlik bosh boshqarmasi nazoratidagi tarkibiy boʼlinmalarda Boshqarmada yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi;

oʼz funktsional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.

14. Boshqarma apparatining tarkibiy boʼlinmalari rahbarlari tegishli tarkibiy boʼlinmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishi uchun;

oʼz funktsional majburiyatlari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

15. Bosh boshqarmaning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy boʼlinmalari rahbarlari:

boʼlinmalarga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun;

oʼz funktsional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.

V. Bosh boshqarmaning faoliyatini tashkil etish

16. Bosh boshqarmani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Surxondaryo viloyati hokimi bilan kelishilgan holda, Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bosh boshqarma boshligʼi boshqaradi.

Bosh boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari, Boshqarma boshligʼi oʼrinbosari – ishga joylashtirish va aholini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼlimi boshligʼi viloyat hokimligi bilan kelishgan holda boshqarma boshligʼi tavsiyanomasi asosida vazir tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Oliy yuridik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega boʼlgan shaxslar, shuningdek oliy maʼlumotli iqtisodiy-ijtimoiy sohada kamida 5 yillik ish staji boʼlgan shaxslar Bosh boshqarma boshligʼi yoki uning oʼrinbosarlari lavozimida ishlashlari mumkin.

17. Bosh boshqarma boshligʼi:

Bosh boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;

Bosh boshqarma boshligʼi oʼrinbosarlarining, boshqarma apparati xodimlarining, tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari va bosh boshqarma tasarrufiga kiruvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

oʼz vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va bosh boshqarma tizimi xodimlari bajarishi majburiy boʼlgan koʼrsatmalar beradi;

Bosh boshqarmaning harajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, bosh boshqarmaning byudjetidan moliyalashtiriladigan harajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari toʼgʼrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

18. Quyidagilar:

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar)lar hokimlari va Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishilgan holda Bosh boshqarma boshligʼi tomonidan;

tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari direktorlari oʼrinbosarlari, shoʼʼba mudirlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – tegishli tuman (shahar) aholi bandlikka koʼmaklashish markazlari direktorlari tavsiyanomasi asosida Bosh boshqarma boshligʼi tomonidan;

Bosh boshqarma Davlat mehnat inspektsiya boshligʼi, oʼrinbosarlari, Davlat texnik inspektorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish – vazirlik bilan kelishilgan holda Bosh boshqarma boshligʼi tomonidan amalga oshiriladi.

19. Bosh boshqarma inspektsiya, boʼlim (shoʼʼba) boshliqlarini, tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga yetgunga qadar koʼrsatib oʼtilgan tarkibiy boʼlinmalar faoliyatini taʼminlash maqsadida Bosh boshqarma boshligʼi tarkibiy boʼlinma rahbarining vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.

20. Tuman (shahar) aholi bandligiga koʼmaklashish markazlari toʼgʼrisidagi nizomlar tegishli tuman (shahar)lar hokimlari bilan kelishilgan holda tegishli ravishda Bosh boshqarmaning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

21. Bosh boshqarma va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mehnat organlari tizimi xodimlarining Respublika kurslarida shartnoma asosida amalga oshiradi.

22. Oliy yuridik maʼlumotga ega Davlat mehnat inspektsiyasining Davlat mehnat huquq inspektorlari davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlariga tenglashtiriladi, ularga adliya organlari xodimlariga beriladigan mansab darajalari tatbiq etiladi.

23. Bosh boshqarmada 5 kishidan iborat – Bosh boshqarma boshligʼi (Kengash raisi), uning oʼrinbosarlari, shuningdek Bosh boshqarma markaziy tarkibiy boʼlimlari rahbar xodimlaridan iborat tarkibda, oʼz faoliyatining asosiy yoʼnalishlariga muvofiq Kengash tashkil etiladi.

Kengashning shaxsiy tarkibi viloyati hokimligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash quyidagilar bilan bogʼliq masalalarni koʼrib chiqadi:

bandlik va mehnat munosabatlari sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni yanada takomillashtirish boʼyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqqan holda Bosh boshqarma faoliyatining qonunchilikda belgilangan asosiy yoʼnalishlarini tanqidiy koʼrib chiqish;

mehnat va bandlikni taʼminlash borasida qonunchilikda, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarning oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash boʼyicha Bosh boshqarma va uning tuzilmaviy boʼlinmalari xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir aniq choralar koʼrgan holda, quyi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tizimli ravishda eshitib borishni tashkil qilish;

aholini ish bilan taʼminlashning hududiy dasturlari hamda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 2017 – 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirish boʼyicha beshta ustuvor yoʼnalishlarining – mehnat bozorini tartibga solish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishini koʼrib borish;

ijro intizomi darajasini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va xalq qabulxonalaridan tushayotgan murojaatlarni oʼz vaqtida hamda sifatli koʼrib chiqish asosida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari bajarilishi yuzasidan samarali nazoratni taʼminlash, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi eng zarur muammolarni hal qilish boʼyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

Bosh boshqarma nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joylashtirish, tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarini koʼrib chiqish;

Kengash Bosh boshqarma vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʼrib chiqish huquqiga ega.

Kengash majlislariga Bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar boʼyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Kengash uning majlisida tarkibining yarmidan koʼpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʼladi. Koʼrib chiqilayotgan masalalar boʼyicha qarorlar oddiy koʼpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Kengash qarorlari Bosh boshqarma boshligʼining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Bosh boshqarma boshligʼi va kengash aʼzolari oʼrtasida kelishmovchiliklar paydo boʼlgan taqdirda Bosh boshqarma boshligʼi paydo boʼlgan kelishmovchiliklar toʼgʼrisida vazirlikka axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Kengash aʼzolari ham oʼz fikr-mulohazalarini Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga xabar qilishlari mumkin.

Kengash faoliyati tartibi uning kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

VI. Bosh boshqarma xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish

24. Bosh boshqarma xodimlarini ragʼbatlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

25. Bosh boshqarma va tegishliligi boʼyicha uning tizimidagi muassasalar xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʼshimcha toʼlovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʼbatlantirish toʼlovlaridan iborat boʼladi.

Belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablagʼlari va byudjetdan tashqari Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi hisobiga shakllantiriladigan mehnatga haq toʼlash fondi mablagʼlari, shuningdek, mehnat organlari xodimlarining mehnatini ragʼbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʼarmasi mablagʼlari ish xaqi toʼlash va xodimlarni moddiy ragʼbatlantirish manbai hisoblanadi. 

26. Bosh boshqarma boshligʼi byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan oʼz faoliyatida samaradorlikning eng yuqori koʼrsatkichlarini taʼminlayotgan xodimlariga ularning lavozim maoshining bir baravari miqdorida shaxsiy ustamalar belgilashga haqli. Shaxsiy ustamalar miqdorini belgilashda mehnatga haq toʼlashga oid Yagona tarif setkasi boʼyicha tarif koeffitsientlari bilan bir qatorda byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish maxsus jamgʼarmasidan shaxsiy ustamalar, shuningdek byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 foizlik qoʼshimcha (mehnatni ragʼbatlantirish koeffitsienti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.

27. Bosh boshqarma xodimlariga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan davlat boshqaruvi organlarida koʼp yillik mehnati uchun quyidagi hajmlarda (ragʼbatlantirish koeffitsientini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsientlarda) har oyda mukofot puli toʼlanadi: 3 yildan 5 yilgacha - 0,1; 5 yildan 10 yilgacha-0,2; 10 yildan 

15 yilgacha - 0,3; 15 yildan yuqori - 0,4.