Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Hokim yordamchisi ko'magida yana 6 nafar fuqarolar bandligi ta'minlandi

error

2024-08-09

Hokim yordamchisi ko'magida yana  6 nafar fuqarolar bandligi ta'minlandi
Sho‘rchi tumanining Elbayon mahallasidagi “O‘rinov Ibodulla bobo” oilaviy korxonasi negizida mashina yuvish, kamer yamash, avtomashina motorini yangilash va ta’mirlash ishlari amalga oshirishmoqda.
Hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli ravishda 33 million so‘m kredit olib, faoliyatini yo‘lga qo‘ygan korxonada 6 ta ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, ushbu mahalla yoshlari uchun ingliz tili kursi ham tashkil etilgan. Kursda malakali o‘qituvchi Xusan Raimov ingliz tilidan saboq bermoqda. Yozgi ta’til vaqtida bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazayotgan mahalla yoshlari o‘quv kursida fan sirlarini o‘zlashtirmoqda.