Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida Prezident Farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/7463) imzolandi

error

2024-08-13

❗️Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida Prezident Farmoni (https://president.uz/uz/lists/view/7463) imzolandi

Farmon bilan:

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar 15 foizga oshiriladi;

2024-yil 1-oktyabrdan esa budjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshiriladi.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshiriladi (mustasno holatlar bilan).

Shuningdek:

➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m;

➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

➖ bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.

https://t.me/surxonbandlik