Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-16
💼 Yangi tayinlov
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining tegishli buyrug‘i bilan Daminov Abdussator Mamasaidovich - Angor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Daminov 1985-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Termiz davlat universitetini. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi–Moliya menejment
Mehnat faoliyati davomida Termiz va Angor tumani byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar Termiz tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining Salohiyatli ish beruvchilar bilan ishlash va bo‘sh ish o‘rinlarini monitoring qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi Abdusattor Daminovning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaydi.