Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-16
💼 Yangi tayinlov
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining tegishli buyrug'i bilan Yusupov Isroil Isaqovich - Oltinsoy tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo‘limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
I.Yusupov 1992-yilda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Termiz davlat universitetini, 2024-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (magistratura sirtqi) Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi–Moliyachi iqtisodchi
Mehnat faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan, 2018-2024-yillar davomida Oltinsoy tumani hokimligida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Oltinsoy tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi jamoasi Isroil Yusupovning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilaydi.