Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-01
Davlat mukofoti sohibasi qutlandi
Prezidentimiz farmonlari bilan mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida «Yangihayot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi vazifasi faoliyat yuritayotgan Gulchexra Xudoynazarova II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlandi.
Tеrmiz tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mutasaddilari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Unda davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlangan Gulchexra Xudoynazarovani qutlab, sovg‘alar topshirildi hamda kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing