Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-05
#Hududlardan_xabarlar
“Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi
🔘Uzun tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tuman Prokuraturasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida joriy yilning 04 sentabr kunida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarka qatnashchilariga zarur ijtimoiy shart-sharoitlar yaratildi, kichik biznes sohasida va uy sharoitida mehnat qilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari tashkil etildi.
➖Yarmarkaga tumandagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 230 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkada jami 80 nafar vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar hamda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari ish so‘rab murojaat qildi.
Shundan, 46 nafariga ishga joylashtirildi, 29 nafari haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing