Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-04
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar. (https://lex.uz/ru/docs/7109778)
💎2025-yil 1-yanvardan boshlab kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
💎2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat oliy taʼlim muassasalari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
💎2025-yildan boshlab “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi;
💎Kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
💎Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.