Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikada faoliyat yuritayotgan barcha turdagi ish beruvchilar diqqatiga!!!

error

2024-10-15

O‘zbekiston Respublikada faoliyat yuritayotgan barcha turdagi ish beruvchilar diqqatiga!!!

❗️ “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/1471197#1471538) asosan “Xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi shart”.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yuqoridagi qonun talablarining bajarilishi Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (ersp.e-osgo.uz) (https://ersp.e-osgo.uz/) orqali o‘rganilganda respublikamizdagi 481 mingdan ortiq ish beruvchilar o‘zlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalamaganligi aniqlangan.

Hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda:
▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasida  24 ming;
▪️Andijon viloyatida  30 ming;
▪️Buxoro viloyatida  30 ming;
▪️Jizzax viloyatida  22 ming;
▪️Qashqadaryo viloyatida  35 ming;
▪️Navoiy viloyatida  24 ming;
▪️Namangan viloyatida  27 ming;
▪️Samarqand viloyatida  48 ming;
▪️Surxondaryo viloyatida  24 ming;
▪️Sirdaryo viloyatida  13 ming;
▪️Toshkent viloyatida  46 ming;
▪️Farg‘ona viloyatida  46 ming;
▪️Xorazm viloyatida  26 ming;
▪️Toshkent shahrida  81 ming.

⚠️ Qonunchilik talablarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.