Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

❓Surxondaryoda mehmonxona qurgan tadbirkorlarga subsidiya berilishidan xabardormisiz?

error

2024-11-14

❓Surxondaryoda mehmonxona qurgan tadbirkorlarga subsidiya berilishidan xabardormisiz?

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (https://lex.uz/docs/6890493) bilan:

2024 yil 1 maydan 2026 yil 31 dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruktsiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi;

➖subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qatʼi nazar ajratiladi;

➖subsidiya Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʼimlar boʼyicha qarzdorligi boʼlmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida boʼlmagan investorlarga ajratiladi.

❗️Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

💰 toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln soʼm;

💰 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln soʼm;

💰 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 25 mln soʼm;

💰 3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun - Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 iyuldagi PQ-238-son qarorida (https://lex.uz/docs/6549286) belgilangan miqdorlarda.