Tadbirda:
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali bosh inspektori Karimov Ilxom Xudoyberdievich va Moʼminov Nodir Xushboqovichlar ishtirok etishdi.
Maʼlumki yaqinda Davlatimiz rahbari tomonidan «Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida»gi qonun imzolandi. Qonun chuqur muhokamalarga tayangan holda mahalliy va xorijiy rivojlangan davlatlar tajribalari asosida ishlab chiqildi. Seminar davomida ishtirokchilarga qonunga belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatlaridagi cheklovlar haqida maʼlumot berildi.