Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-01
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-330-son, 23.09.2024 y.) qabul qilindi
✔️ Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
🔴 “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi;
🔵 2024–2025 yillarda aholini kambag‘allikdan chiqarishning yo‘nalishlar va hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlari.
🔴 Shuningdek, eng og‘ir ahvoldagi 1000 ta mahalla tanlanib, ro‘yxati shakllantiriladi hamda ularning infratuzilmasini yaxshilash dasturi tasdiqlanadi.
🔴 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, “Biznesga birinchi qadam” dasturlari hamda mikromoliya tashkilotlari orqali joriy yil yakunigacha 4 trillion so‘m, 2025 yilda 15 trillion so‘m kreditlar ajratilishi taʼminlanadi.