Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-05
#Yashil_makon
#Boysun_tumani
☘️ “Yashil makon” millionlab daraxt ekishgina emas, balki to‘g‘ri joyga ekish va parvarish qilish hamdir...
🌱 Insoniyat tamaddunining barcha bosqichlarida sayyoramiz tabiiy boyliklari, hayvonot va nabotot olami inson hayotiy faoliyati uchun zarur ehtiyoj manbai bo‘lib kelgan.
🌱 Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumida shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida berilgan topshiriqqa asosan Boysun tumanida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zda tutuvchi loyiha doirasida ishlar qizg‘in davom etmoqda.
🌱 Jumladan, bugun tumandagi Boshrabot mahallasida 1 ga yer maydoniga “Hokim yordamchilari” bog‘i tashkil etilib, tuman Kambag‘allikni qisqartirish bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, hokim yordamchilari ishtirokida 1200 tup gilos ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.