Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-08
Mening Konstitutsiyam 32 yoshda
Termiz shahridagi muhtasham “San’at saroyi”da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ishlab chiqarish, ijtimoiy va boshqa sohalar vakillari, nuroniylar va faol yoshlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan xalqimizga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Tantanali tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosida Vatanni madh etuvchi, mustaqillikni asrashga da’vat etuvchi qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, kuy va raqslar ijro etildi.
Bayram tadbirlari viloyatimizning barcha hududlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing