Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Yaqubovning soha xodimlariga yo'llagan murojaati

error

2024-12-19

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Yaqubovning soha xodimlariga yo'llagan murojaati


Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Davlat tizimini ichidan yemiradigan, taraqqiiyot kushandasi boʻlgan korrupsiya balosiga, byurokratiyaning har qanday koʻrinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”, deya taʼkidlaganlari ham uning naqadar xavfli illat ekanligini koʻrsatadi.


Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Davlat tizimini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi barchamiz keskin kurash olib borishimiz kerak”, deya alohida ta’kidlaganlari uning naqadar xavfli illat ekanligini ko‘rsatadi. Korrupsiya va poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib keladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi kerakdir.


Bugungi kunda ayrim sohalarda faoliyat yuritayotgan ba’zi nopok xodimlar o‘z manfaatlarini ko‘zlab, kredit olishda, byudjet mablag‘larini taqsimlashda, ming afsuski, noqonuniy ishlarga aralashib qolayotganliklarini guvohi bo‘layapmiz. Xalqimiz “Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi” deb bejiz aytmagan. Sodir etilgan har qanday korrupsiyaviy jinoyat sirligicha qolmaydi, albatta oshkor bo‘ladi. Shuning uchun men sizlarni ogohlantirib o‘tmoqchiman, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrardir, buni har bir davlat xizmatchisi vujudi bilan his qilishi, ko‘z oldiga ota-onasi, farzandlari va aka-singillarini keltirishlari kerak.


Davlat xizmatchisi – bu oddiy xodim emas, u davlat topshirig‘i va manfaatlari bo‘yicha uning nomidan harakat qiluvchi insondir. Shuning uchun davlat xizmatchisi degan yuksak hamda sharafli nomga dog‘ tushirmaslik uchun eng avvalo halol bo‘lishimiz, oldimizga qo‘yilgan vazifalarni vijdonan, vatanparvarlik tuyg‘usini to‘liq his etgan holda mehnat qilishimiz lozim bo‘ladi. Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz deb, bilaylik.


Korrupsiya – bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotiga jiddiy zarar yetkazuvchi muammo hisoblanadi. Korrupsiya davlat boshqaruvi tizimini zaiflashtirib, qonun ustuvorligiga va adolatga boʼlgan ishonchni pasaytiradi.


Korrupsiyaning quyidagi salbiy oqibatlari mavjud:


-iqtisodiy taraqqiyotga taʼsiri: Investorlarning ishonchini yoʼqotish, davlat byudjetiga zarar yetkazish va teng raqobat muhitini buzish, 

-Ijtimoiy barqarorlikka taʼsiri: qashshoqlikni chuqurlashtirib, jamiyatda adolatsizlik tuygʼusini kuchaytiradi. 

-Siyosiy tizimga taʼsiri: Demokratiya printsiplarini zaiflashtirib, davlat boshqaruvida shaffoflikni yoʼqotadi.


Shunday ekan barchamiz faoliyatimizni qaytadan xolis tahlil qilib, oldimizga qo‘yilgan ustivor vazifalarni shaxsiy manfaatimizdan ustun qo‘ygan holda sidqidildan bajarishga barcha kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik. Davlat xizmatchisining eng avvalo yuragi, vijdoni va qo‘li toza, ko‘ngli ochiq, aql va zakovat sohibi bo‘lsa, u albatta el-yurt ishonchini, mehrini va e’tiborini qozona oladi. Shunday ekan, go‘zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik.


Davlatimiz rahbari tomonidan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilab berilgan maqsadlar, shuningdek mahalliy ijro hokimliklari oldiga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini so‘zsiz va og‘ishmay bajarilishini ta’minlaylik. Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib boraylik!


Murojaatlar uchun ishonch raqami:76-227-28-54