Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Boysun tumanidagi “Gaza” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jasur Suvonov tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

error

2024-12-26

🍓 Aholi tomorqalaridan unumli foydalanib, daromad topmoqda!

Boysun tumanidagi “Gaza” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jasur Suvonov tomorqasidan unumli foydalanib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Jasur Suvonov tomorqasining 2 sotixiga issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirmoqda.

Avvallari issiqxonamizda bodring yetishtirardik, - deydi Jasur Suvonov - Bu yil serdaromad qulupnay ko‘chatlarini ham ekdim. Mehnati kam, daromadi ko‘proq bo‘lgan qulupnay ko‘chatini bir marta eksangiz, uch yilgacha hosil olish mumkin. Yangi yil arafasida har kuni hosilni yig‘ib, bozorga olib chiqyapmiz. Daromadimiz ham o‘ziga yarasha.

Qish faslida ko‘rib turganingizdek, issiqxonada pishgan qulupnay mahsulotlari xalqimiz dasturxoniga yetkazib berilmoqda.