Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun tug‘ilgan kun — Odiljon Yaqubov

error

2025-02-08

Bugun tug‘ilgan kun —  Odiljon Yaqubov 

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Yaqubov 1983-yil 8-fevralda Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida 2006-2022-yillar davomida Surxondaryo viloyatida turli lavozimlarda hamda  2023-2024-yillar davomida Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

O.Yaqubov  2024-yilning fevral oyidan buyon Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Hurmatli Odiljon Almaxamadovich!

Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi jamoasi tavallud kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

Yangi yoshingiz sizga muvaffaqiyat, sog‘liq va yanada yuqori marralarni zabt etish imkoniyatini olib kelsin.