Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-11
#inspeksiya_faoliyatidan
Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasining Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat texnik inspektori Zafar Xaitmuratov tomonidan Amu-Surxon Irrigatsiya havza boshqarmasiga qarashli Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi huzuridagi Sherobod nasos stansiyasi xodimlariga Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi sohasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida ishchi va xizmatchilarga ishlarni xavfsiz olib borish, baxtsiz hodisalar ro‘y berganda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, elektr jihozlaridan foydalanishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, ish joylarida maxsus kiyim boshda ishlashlari, va ish beruvchilarga xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishlari uchun tavsiyalar berib o‘tildi.