Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-27
Bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-fevraldagi Yoshlar bandligini
ta’minlash chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 719/29-son qarorining 28-maqsadi 23.5-bandiga asosan OTMlaridagi bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yuzasidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun ushbu qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida 7 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘lib, bugun Termiz davlat universitetini 100 nafar yoshlar magistratura bosqichini tamomlab diplom olishdi. Ushbu bitiruvchilarga hududlardagi korxona va tashkilotlardagi 500 dan ortiq ish o‘rinlari taklif qilindi.