Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasi tashkil etildi

error

2025-04-05

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasi tashkil etildi

Yashil makon inson hayotining muhim qismi boʼlib, ekologik barqarorlikni taʼminlashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlar va oʼsimliklar nafaqat havoni tozalaydi, balki iqlim oʼzgarishini barqarorlashtirishda, tuproq eroziyasini kamaytirishda va bioxilma-xillikni saqlashda ham muhim rol oʼynaydi.

"Yashil makon" dasturi doirasida millionlab daraxtlar ekish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu nafaqat ekologik vaziyatni yaxshilaydi, balki yangi ish oʼrinlari yaratib, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bugun Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga biriktirilgan hududda Yashil makon umummilliy harakati doirasida 100 dan ortiq manzarali va mevali koʼchatlar ekildi.

Unda sohada faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, yoshlar koʼchat va daraxtlarni ekish jarayonlarida ishtirok etishdi.