Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-sonli farmonidan: (https://lex.uz/uz/docs/-7486257)

error

2025-04-29

Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-sonli farmonidan: (https://lex.uz/uz/docs/-7486257)

 Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida 

O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruxida tarbiyalash, yurtimizning jahon sivilizatsiyasi beshigi sifatidagi tarixiy maqomi va nufuzini tiklash bo‘yicha puxta o‘ylangan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.