Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-05
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan "Enter Engineering Pte.Ltd” va ushbu korxonaga taalluqli bo‘lgan MCHJlarda ish haqlari to‘lanmayotgani holati yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati holat nazoratga olinganini ma’lum qiladi. Vazirlik Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan korxonada tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Shu paytga qadar bo‘lgan shikoyatlar asosida ham ushbu korxonalarda tekshirishlar o‘tkazilib, mehnat qonunchiligi buzilishlari yuzasidan korxona rahbarlariga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilgan.
Tekshirishlar davomida jami 39,1 mlrd ish haqlari undirib berilib, 16,6 mlrd so‘m ish haqlari undirilishi yuzasidan ko‘rsatma berilgan.