Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-18
18-may – Xalqaro muzeylar kuni. Bugun barcha muzeylarda aholiga bepul xizmat ko‘rsatiladi
Surxondaryo viloyatida 3 ta – Termiz arxeologiya muzeyi, "Termiz" davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda Termiz va termiziylar merosi tarixi muzeyi faoliyat yuritmoqda.
Ularda yurtimizning bir necha ming yillik tarixi va madaniyati, ajdodlarimizning boy ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq ashyolar, tarixiy ma’lumotlar saqlanmoqda.
18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan bugun ushbu muzeylarda "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazilib, tashrif buyuruvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing