Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-24
Kelajagingizni kutmang – kasb o‘rganing va uni yarating!
Qiziriq tumanida aholi bandligini ta'minlash va kasb-hunar o‘rganish orqali doimiy daromad manbayiga ega bo'lishi maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning "Takiya" mahallasida faoliyat olib borayotgan "Kasbiy ko‘nikmalar markazi" da 135 nafar fuqarolar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy kasblarni o‘rganmoqda.
✂️ Ayollar sartaroshligi
👨🍳 Oshpazlik
🔌 Elektrmontaj
🚿 Santexnika
...va boshqa sohalar
👉 Markaz uchun 315 million so‘mlik o‘quv jihozlari olib kelindi. Endi yoshlar va ishsizlar zamonaviy texnika bilan ish o‘rganmoqda!
📢 Ishga kirishdan oldin – Kasb o‘rgan! Bu yerda bilim bor, ustoz bor, imkoniyat bor!
Ma'lumot o'rnida, bu kabi markazlar viloyatimizning Angor, Denov, Sherobod, Sariosiyo va Sho‘rchi tumanlarida ham faoliyat olib bormoqda.