Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-04
Aholi bandligini ta’minlashdagi ko'prik - mehnat yarmarkasi
⏺️Mamlakatimiz bo‘ylab e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini tinglash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tashabbuslardan biri — bugun Uzun tumanidagi “Shodlik” istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yoshlar mehnat yarmarkasidir.
🫥Yarmarkada turli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, yoshlar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlariga mos ish topish, mutaxassislar bilan suhbatlashish, maslahatlar olish imkoniga ega bo‘lishdi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing