Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Surxondaryoda bitiruvchi yoshlar uchun Mehnat yarmarkasi va biznes marafon oʻtkazildi

error

2025-07-08

Surxondaryoda bitiruvchi yoshlar uchun Mehnat yarmarkasi va biznes marafon oʻtkazildi 

Bugun Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash maqsadida muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv bitiruvchi yoshlar va tadbirkorlar oʻrtasida muloqot va savol-javob tarzida oʻtkazildi. 

Unda Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Z.G’apporov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i I.Temirov, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R.To‘rayev, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.L.Raximov, O‘zmilliy bank Surxondaryo filiali boshqaruvchilari taqdimot qildi.