Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-04
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Termiz shaharda ham majburiy mehnatga yo‘l qoʻyildi” mazmunidagi sarlavha ostidagi xabar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra:
🏥 Surxondaryo viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh vrachi Nurxonov Azamat G‘aybullayevich tomonidan xodimlarni ularning ixtiyoriga xilof ravishda lavozim majburiyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilinganligi holati aniqlandi.
📌 Bu bilan ish beruvchi tomonidan:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha boshqa normativ hujjatlar talablari buzilgan.
⚖️ Mazkur holat yuzasidan, majburiy mehnatga yo'l qo'ygan shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.
👥 Mehnat huquqlaringiz — qonun himoyasida!
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing