Yangiliklar
Yangiliklar
2023-07-26
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Musaev ishtirokida 2023 yil 30 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan korrupsiyaviy xolatlar tanqidiy taxlil qilinib, kelgusida bunday xolatlaarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni ijrosi yuzasidan, Surxondaryo viloyati Denov tumani "Ishga marhamat" monomarkazida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining Kompleans nazorat bo'limi bosh mutaxassisi S.Majitov boshchiligida 26-iyul kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish” borasida targ'ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi.
Denov tumani "Ishga marhamat" monomarkazi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xodimlarni huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu holatning oldini olishga doir chora-tadbirlar va mavjud huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga chek qo‘yish yuzasidan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.