Yangiliklar
Yangiliklar
2025-12-26
Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik
✍️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Raʼno Turdiboyeva hamda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Surayyo Rahmonova bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.
Mazkur hamkorlikdan maqsad:
🔷bolalarning qonun doirasida mehnat qilish huquqlarini ta’minlash;
🔷bolalar mehnatini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
🔷bolalar mehnatiga oid holatlar bo‘yicha hamkorlikda monitoring o‘tkazish va tezkor choralar ko‘rish;
🔷xalqaro tashkilotlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing