Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

❓XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINI B2 SERTIFIKAT YO‘QLIGI UCHUN ISHDAN BO‘SHATISH — QONUNIYMI?

error

2026-01-10

❓XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINI B2 SERTIFIKAT YO‘QLIGI UCHUN ISHDAN BO‘SHATISH — QONUNIYMI?

📝 So‘nggi paytlarda umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, biroq B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomalari bekor qilinayotgani yoki ular ishga qo‘yilmasdan chetlashtirilayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

⬇️ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori bilan xorijiy til o‘qituvchilari uchun B2 daraja talabi belgilangan bo‘lsa-da, ushbu talab:

▫️ mehnat shartnomasini bekor qilish,

▫️ yoki xodimni ishdan chetlashtirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy asos sifatida nazarda tutilmagan.

📖 Mehnat kodeksi talablari:

● ❌ B2 sertifikatga ega emaslik — mehnat shartnomasini 168-modda asosida bekor qilishga sabab bo‘la olmaydi;

● ❌ Bu holat 161-moddaga ko‘ra ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish uchun ham asos emas;

● ❌ 151-moddada xodimni ishdan chetlashtirish asoslari ro‘yxatida ham B2 sertifikatga ega emaslik ko‘rsatilmagan.

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan 2030-yilgacha xorijiy til o‘qituvchilarining 100 foizini B2 darajaga yetkazish — bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan maqsad bo‘lib, u jazolash yoki majburiy ishdan bo‘shatish mexanizmi emas.

❗️ Xulosa: B2 sertifikatga ega emaslik xorijiy til o‘qituvchilari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki ularni ishdan chetlashtirish uchun qonuniy asos bo‘la olmaydi.

🔖 Yuqorida bayon etilgan holatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritildi.