Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Denov tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi

error

2023-10-25

Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 25 oktyabr kuni Ishga marhamat Monomarkazi binosida Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yarmarkada 512 nafar ishsiz fuqarolar qatnashdi. Shundan, 113 nafari bandligi ta’minlandi.
Jumladan, Boysun tumanidagi “ENTER ENGINERING LTD” kompaniyasiga 15 nafar, “Denov tekstil” MCHJga 4 nafar hamda 50 nafari tumandagi boshqa korxonalarga ishga joylashtirildi.
Shuningdek, Monomarkazda kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan 42 nafar xotin-qizlarga tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish uchun yo‘llanmalar berildi. 2 nafar ishsiz fuqaro Germaniya davlatiga ishlash uchun nemis tilini o‘rganib B-1 sertifikat olish uchun kasb-hunar markazida tashkil qilinayotgan til o‘rgatish kursiga o‘qish istagini bildirgan.