Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Termiz xalqaro savdo markazida “Mahalla yettiligi”ning 2025-yildagi faoliyati yakunlari hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Surxondaryo viloyati Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

error

2026-02-04

Mahalla – jamiyat tayanchi

Termiz xalqaro savdo markazida “Mahalla yettiligi”ning 2025-yildagi faoliyati yakunlari hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Surxondaryo viloyati Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Mahalla yettiligi” faoliyatiga mas’ul bo‘lgan boshqarma va idoralar rahbarlari, tuman va shahar hokimlari, Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi a’zolari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mahallalarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar belgilab olindi.