Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

HUQUQIY MADANIYATNI KENG TARG'IB QILISH MAQSADIDA

error

2023-11-20

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.


Aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni keng targ'ib qilishda joylardagi mahalla fuqarolari yig'inlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi mahalla raislari uchun huquqiy-targ'ibot o'quv seminari tashkil etildi.


Unda bosh boshqarma bosh yurist konsulti Ahmad Xoliqov 2023-yil 23-oktabrda O'zbekiston Respublikasining Yer to'g'risidagi, qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining  ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida tushunchalar berib o'tdi.