Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-16
Bugun, 16-iyul kini Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli 1-sonli YOQQning o‘yingohida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi FM(fuqaro muhofazasi) tuzilmasi shahodatlash komissiyasidan o‘tkazildi.
Ushbu shahodatlash Surxondaryo viloyati hokimi-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2024 yil 20 fevraldagi "Viloyatdagi iqtisodiyot obyektlari, korxona va tashkilotlarning qutqaruv (fuqaro muhofazasi) tuzilmalari shaxsiy tarkibini navbatdagi oraliq shahodadlashdan o‘tkazish to‘g‘risi"dagi B-5-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etildi.
Fuqaro muhofazasi - favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish hamda obyektlarda o‘ta qiyin ishlarni yakka tartibda bajarish hamda favqullotda vaziyat va yong‘inlar ro‘y bergan hudud yoki obyektlarda hayot faoliyatini tiklash borasidagi avariya-tiklash hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishi uchun tashkil etilgan tuzilma.
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)