Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-16
Sherobod tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Sherobod tuman Axborot kutubxona markazida tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Ushbu o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi davomida 50 dan ortiq ishsiz fuqarolar ishtirok etdi. Yarmarka davomida 30 dan ortiq korxona va tashkilotlar o’zining 180 dan oshiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada qatnashgan 50 dan ortiq fuqarolarning 8 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 10 nafari bepul kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslariga taklif etildi.
Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi orqali xorijiy davlatlar Rossiya, Turkiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya va Germaniya davlatlariga ishga taklif etiladi.
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)