Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Sho‘rchi tumani yoshlari uchun haqiqiy quvonchli kun

error

2024-07-13

Bugun Sho‘rchi tumani yoshlari uchun haqiqiy quvonchli kun


Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi Sho‘rchi Ishga marhamat Monomarkazi filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.


Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov mazkur monomarkazda bo'lib, u yerda kasb-hunar o'rganish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.


Ushbu Monomarkaz filiali tumanning Navro‘z mahallasida joylashgan bo‘lib, aholining ishsiz qatlamini bandligini ta’minlash, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga hamda xorijiy tillarga mo'ljallangan. Unda 5 turdagi kasb-hunarlar, jumladan ayollar, erkaklar sartaroshi, tikuvchilik, qandolatchilik, kompyuter dasturlashda 3 oylik va 1 ta xorijiy tillar(nemis tili) yo‘nalishlarida 6 oylik o‘quv kurslarini o‘rgatish yo'lga qo‘yildi.


Rasmiy sahifalarimiz⬇️

Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)