Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-22
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod” va “Uychi tumani” tajribalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Denov tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida turizm maskani tashkil etish loyihasining borishi ko‘zdan kechirildi. “Murojaatdan - daromadga” loyihasi doirasida Denov tumanida istiqomat qiluvchi 100 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuvchilik dastgohlari topshirish tadbirida ishtirok etildi.
Shuningdek, eshik-oyna romlari ishlab chiqarish, kompleks o‘g‘itlar yetkazib berish, mebel tayyorlash, gipsdan sun’iy gul bezaklari yasash, fasfud va yarim tayyor mahsulotlar tayyorlab sotish loyihalari bilan tanishildi.
#Surxondaryo #Sayxunobod #Uychi #loyihalar #bandlik
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)