Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qumqo'rg'on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi “Arpapoya” mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

error

2024-07-27

#Mehnat_yarmarkasi

Qumqo‘rg‘on tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida tumandagi “Arpapoya” mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda byudjet korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari jami 385 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 300 dan ortiq fuqarolar va yoshlar ish topish maqsadida yarmarkada ishtirok etib, 35 nafar yoshlar ish bilan ta’minlandi, 34 nafariga ishga yo‘llanma berildi, tadbirkorlik va kasbga o‘qish istagi bo‘lgan 155 nafar yoshlarga “Mashxura-Dilorom” nodavlat ta’lim markaziga bepul o‘qish uchun tavsiyanomalar berildi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 31 nafar ishsiz yoshlarga subsidiya asosida qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun asbob-uskuna va anjomlar topshirildi.

Rasmiy sahifalarimiz⬇️

Telegram (http://t.me/surxonbandlik)|web-sayt (https://surxondaryo.mehnat.uz/)|facebook (https://www.facebook.com/SURXONDARYOKQBBB)