Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-03
Navbatdagi mehnat yarmarkasi Muzrabot tumanida o‘tkazildi
Muzrabot tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida 2023-2024 o‘quv yilida Oliy ta’lim, kasb-hunar kollejlari, umum ta’lim maktab bitiruvchilari hamda Ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar (yoshlar) ning bandligini ta’minlash, Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha MEHNAT YARMARKASI tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida jami 113 nafar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashdi.
Shundan, 9 nafar fuqaroga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berildi. 10 nafariga kasb-hunarga o‘qishga jalb qilindi. 75 nafariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tikuv mashinkasi, kompyuter jamlanmasi, moto kultivator va boshqa jihozlar berilib bandligi ta’minlandi, qolgan fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing