Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-09
Shu kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva boshchiligidagi delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan Janubiy Koreyada bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida dastlab Koreya bandlik va mehnat xizmati rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda may oyida start berilgan (https://t.me/mehnatvazirligi/16832) Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligi va siyosati tizimini takomillashtirish boʻyicha maslahat dasturi yuzasidan fikr almashildi.
3 yilga mo‘ljallangan mazkur dastur doirasida ikki davlat mehnat inspeksiyalari oʻrtasida mustahkam aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Navbatdagi muloqot Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik hamda vazir o‘rinbosari Kim Jong Yoon bilan o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida mehnat sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, Koreyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan hamyurtlarimiz uchun munosib sharoitlarini yaratish, ushbu davlat mehnat bozoridagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib O‘zbekistonda soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha suhbatlashildi.