Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Denov tumanidagi “Eko bog‘"da "Murojaatdan daromadga" tadbiri tashkil etildi

error

2024-08-10

Bugun Denov tumanidagi “Eko bog‘"da "Murojaatdan daromadga" tadbiri tashkil etildi

Ushbu tadbirda Prezident maslahatchisi o‘rinbosari-Prezidenti Xalq qabulxonasiga rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev, viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Denov tumani hokimligi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

✅Ushbu tadbirda Denov, Uzun, Sariosiyo, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlaridagi 249 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob uskunalar va jihozlar  topshirildi. 

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Denov tumani hokimligi hamda Denov tumani  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

❇️Mazkur mehnat yarmarkasida 628 ta korxona va tashkilotlar 2026 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.  Yarmarka yakuniga ko‘ra 207 nafar fuqarolarga ishga joylashishlari uchun 81 nafar fuqarolarga esa kasbga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.