Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-16
"Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
"Bu yil oliy ta’limni tamomlagan bitiruvchilar soni 214 ming nafarga yetgan. Shuning 88 ming nafari shartnoma asosida korxona va tashkilotlarda rasman ishlamoqda. Qolgani ishga joylashganicha yo‘q" - Behzod Musayev
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimovning topshirig‘iga asosan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash maqsadida viloyat bo'ylab 15-16-avgust kunlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlarii, tuman Xalq ta'limi hamda tuman Sog'liqni saqlash bo‘limlari tomonidan mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Mazkur mehnat yarmarkasida oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari uchun 2643 ta bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi.
Ikki kun davomida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasiga 450 ga yaqin bitiruvchilar jalb qilinib, 314 nafar bitiruvchi yoshlar o‘zlari tanlagan bo‘sh ish o‘rinlari ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi.