Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“Hashar-elga yarashar”

error

2024-08-24

“Hashar-elga yarashar”

"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hasharlarida Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda tasarrufiy tashkilotlari xodimlari uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda.

Hashar – barchamizga ma’lumki, xalqimiz orasida udumga aylangan ijtimoiy hamkorlik va beg‘araz yordam shakllaridan biridir.

Bunyodkorlik, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy xislatlaridan sanaladi. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan "Mahalla obod-yurt obod"  shiori ostida e’lon qilingan hasharning bugun ilk kuni bo’lib, Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi Angor Ishga marhamat Monomarkazi hamda Sho'rchi kasb-hunarga o‘qitish markazi xodimlari ishtirokida erta tongdan boshlangan tozalik ishlari ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.