Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-06
#Hududlardan_xabarlar
Qiziriq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida #mehnat_yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu mehnat yarmarkasida tumandagi 35 ta korxona, tashkilot hamda muassasalar o‘zlarida mavjud 134 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Shundan oliy ma’lumotlilar uchun 78 ta, o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotlilar uchun 56 ta ish o‘rinlari mavjud.
Mazkur bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 56 nafar ish izlovchilardan 29 nafari oliy ta’limni tugatgan, 19 nafar doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi, 19 nafariga haq tulanadigan jamoat ishlariga yo‘llanmalar berildi, Qolgan 8 nafari shundan oliy ta’limni tugatgan 2 nafarga mehnat qonunchiligi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.