Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

🔴Ish beruvchilar diqqatli bo‘ling! Bugungi kunda ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, pensiya tayinlash vaqtida fuqarolarning barcha ma’lumotlari elektron ravishda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi (https://www.youtube.com/watch?v=BJ-UnGTCtRs&t=51s).

error

2024-09-20

🔴Ish beruvchilar diqqatli bo‘ling!

Bugungi kunda ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, pensiya tayinlash vaqtida fuqarolarning barcha ma’lumotlari elektron ravishda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi (https://www.youtube.com/watch?v=BJ-UnGTCtRs&t=51s).

Tashkilot, korxona va muassasalar qonunchilikka muvofiq xodimning pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarini (mehnat staji, ish haqi va boshqalar) YAMMTga* kiritmagan taqdirda pensiya tayinlash vaqti kelganda “ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” chiqmasligi mumkin.

🔴E’tiborli bo‘ling va ish joyingizdagi xodimlar bo‘limidan barcha ma’lumotlarni YAMMTga kiritib raqamlashtirib qo‘yishlarini so‘rang.

Ishlamayotgan fuqarolar mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlar raqamlashtirilmagan bo‘lsa, yashash hududlaridagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilgan holda, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mutlaqo bepul raqamlashtirib olishlari mumkin.