Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-30
"Majburiy paxta terimiga qaytyapmizmi?
QUMQO‘RG‘ONDA ERTAGA HAMMA PAXTA TЕRISHGA CHIQADI mavzusidagi murojaat yuzasidan
Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat nazorat mehnat inspeksiyasi tomonidan yuqoridagi holat o‘rganildi.
O‘rganishda, Qumqo‘rg‘on tumanidagi barcha fermer xo‘jaliklarida paxta terayotgan terimchilar fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzib, o‘z xoxishlari bilan paxta yig‘im-terimiga chiqib paxta terayotganligi, terimchilar orasida korxona va tashkilot xodimlari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari joriy yilning 15-sentyabr yakshanba kuni tumandagi korxona va tashkilotlariga dam olish bo‘lganligi sababli 16-sentyabr kuni tumandagi barcha korxona va tashkilotlarining rahbar va xodimlari bilan suxbatlashilganda, 15-sentabr kuni tuman hokimligi hamda yuqori turuvchi tashkilotlar tomonidan xodimlarni paxta yig‘im-terimi yoki hasharga jalb qilish uchun hech qanday topshiriq berilmaganligi aniqlandi.