Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-01
Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va shahar Prokuraturasi hamkorligida mahallalarda ishsizlarni bandligini ta'minlash maqsadida San'at saroyi binosida mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
➖Yarmarkaga shahardagi 12 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 134 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.
➖ Mehnat yarmarkasida jami 165 nafar vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar qatnashgan bo'lsa, ulardan 88 nafari ishsiz fuqarolardir. Yarmarka natijasiga ko'ra 26 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi, 10 nafar fuqarolarga kasb-hunar o'rganishlari uchun yo`llanmalar berildi.
Shuningdek, 19 nafar "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari"da turgan Ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskunalar tarqatildi.