Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-06
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumaniga tashrifidan so‘ng, Qumqo‘rg‘on tumanida mahallalar "yettiligi" va ularning viloyat, tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi muhokama yig‘ilishida qatnashdi.
Unda mutasaddilar mahallalarda “yettilik” faoliyatini samarali tashkil etish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berdi. O‘rganishlar davomida “yettilik” ishini sifatli yo‘lga qo‘yishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, aholi bilan ishlashda a’zolarning ish faoliyati qoniqarsizligi qayd etildi.
Viloyat rahbari qayd etilgan holatlarni bartaraf etish, mahalla “yettiligi”ning ish samaradorligini oshirish, ularning faoliyatini sifatli tashkil etishga, har bir tizimning viloyat va tuman rahbari mas’ul ekanligini ta’kidladi.