Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bugun Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan mahallalarda kasanachilik faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda aholi orasida kasanachilik faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida seminar tashkil etildi.

error

2024-11-13

Unda O'zbekiston Ayollar va qizlar uyushmasi rahbari Nasiba Miradilova, viloyat bo'linmasi rahbari Manzura Abdullayeva, viloyat Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi sho'ba rahbari Muhabbat Sariyeva hamda 150 nafarga yaqin kasanachi tadbirkorlar ishtirok etishdi. 

Mazkur seminarda 2025-yil 1-yanvardan faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan kasanachilar uchun yaratilgan Kasana.uz  platformasi xususida ma'lumotlar berildi.

Tadbirkorlar bepul foydalanishlari mumkin bo'lgan ushbu platformaning afzalliklari taqdimot orqali keng tushuntirildi. 

Seminar davomida tadbirkorlar ushbu platforma haqida o'z fikr va takliflarini berishdi.