Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida biriktirilgan oila xonadonida bo‘lib, mavjud muammolarini o‘rgandi. Biriktirilgan mas’ullarga oilaning yashash sharoitini yaxshilash, ishsiz a’zolarini band qilish, farzandining sifatli ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish vazifalari topshirildi.

error

2024-11-24

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sherobod tumani Uchyog‘och mahallasida viloyat, tuman sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar boshliqlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etdi. 

Unda davlatimiz rahbari huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘tkazilgan taqdimotda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, kelgusidagi rejalarni amalga oshirish, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Shuningdek, viloyat rahbari ushbu mahalladagi kam ta’minlangan, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida biriktirilgan oila xonadonida bo‘lib, mavjud muammolarini o‘rgandi. Biriktirilgan mas’ullarga oilaning yashash sharoitini yaxshilash, ishsiz a’zolarini band qilish, farzandining sifatli ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratish vazifalari topshirildi.

Qorabog‘ mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi.